Ummon - Sen meniki emassan matni

Добавить комментарий

Автору будет очень приятно узнать обратную связь о своей новости.

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Комментариев 1

Farida
Farida 31 января 2025 23:45

So`nggi payt

Kechalari qo`ng`iroq qilsam, doim bo`lar band,

Ko`nglim negadir g`ash, balki ko`nglim haq, balki nohaq.

Bormi o`zi ko`zlaringda haqiqat?

Yo shunchaki o`tkazmoqdamizmi vaqt?


Xat yozib boshladim ololmaganimdan keyin javob,

Nega mani yo`nalishimga javob bermayapsan desam,

Deydi: “Bor yonimda odam,

Dugonam bilan sirlashib yotibman”.


Bu sirlaring kim haqidaligini bilaman,

San mani aldama, aldashga urinma.

Kim u, qayda ishlashini ham bilaman,

Yurak yig`la mayli, lekin zabon indama.


Qani bu yolg`onlar qaygacha borar ekan,

Vijdon degani oz bo`lsa ham qiynalarmikin?

Ko`ramiz nima foyda topa olar ekan,

Yutarmikin yoki yutkazarmikin.


Alamlar ezardi, axir bilaman bu haqiqatni,

Alamlar ezardi, nega bunchalar soxtasan?

Axir go`l emasman, hammasidan boxabarman,

Agar o`ylab ko`rsam, sendayin qizga mos emasman.


Sen meniki emassan,

Sen meniki bo`lmaysan hech qachon.

Tuyg`ular jon bera boshladi,

Ko`ngil yomon og`riy boshladi. (x2)


Ha, hammasidan xabarim bor,

Yashirishdan foyda yo`q, tan ol.

Ol hamma narsalaringni, olib ket,

Borib unga endi mani yo`qligimni ayt.


Bor, yugur endi u tomon,

Axir ustimdan yurarding qilmasdan or.

Ha yuragim tor, sandan boshqasi sig`masdi,

Bor, yuragi kenglarga bor.


San birinchi ko`rishgan kuning u bilan,

Ishonch chizig`ini kesib o`tgan kuningdan,

Yuzimga qo`yding oyoq deb hisoblayman

Va sani eshitishni ham istamayman.


Bahonalaringni borib, endi unga ayt,

Kechirim so`rama, sanda o`zi bormi bet?

Xiyonatingni qaysi ahmoq kechirarkin?

Endi sani mandayin kim sevarkin?


Aldab yurgan lablaridan,

O`zini tutishi, gaplaridan,

Uzoqlashib qolganidan,

Sezardim yolg`onlarini.


Yuragim xasratlaridan,

Ochib yurgan avratlaridan,

Qimmatbaho zanjirlaridan,

Sezardim yolg`onlarini.


Sen meniki emassan,

Sen meniki bo`lmaysan hech qachon.

Tuyg`ular jon bera boshladi,

Ko`ngil yomon og`riy boshladi. (x2)