S26, S26+ va S26 Ultra taqdimoti 25-fevral kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
Nufuzli OnLeaks axborot agentligi Galaxy S26 Ultra haqida yangi tafsilotlarni internetda baham ko‘rdi va yangi Samsung flagmanining fotosurat va videodagi maketi bilan tanishtirdi . Ilgari yangi qurilma faqat renderlarda namoyish etilgan edi
Yangi ma'lumotlar yana bir bor Galaxy S26 Ultra’da Galaxy Z Fold 7’dagiga o‘xshash yangilangan kamera moduli bo‘lishini tasdiqladi. Bundan tashqari, endi pastki qismida S Pen uchun joy borligini ko‘rasiz
Galaxy S26 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlashi kutilmoqda , ammo kamera yoki batareya quvvatida sezilarli yangilanishlar bo‘lmaydi .
Комментариев 0