Yorim dardingni ber menga
Darmonim bo‘lay men o‘zim
Bulbul kabi jamolinga
Hayroning bo‘lay men o‘zim
O‘sha kun keldi ko‘ngling to‘ldimi
Yuraging o‘zgasini sevdimi
Bilgandek osmondan yomg‘ir yog‘ib
Dardimga osmon sherik bo‘ldimi
Bir qadam tashlolmayman
Yaqin bo‘lsang ham
Tutolmayman qo‘llaringdan ham
Chunki sevgim sotib ketgansan