Qaytmaydimi bahor endi hayotimga hech qachon?
Iforlarin sog‘indim yana kelsaydi bir bor
Dardlarim o‘charmidi, g‘amlarim ketarmidi
Dilda qolgan dog‘larim yomg‘irlar yuvarmidi
O‘zga yurtda yashayapman dilim vayron
Mol-dunyolar topdim mehr topolmadim
Zor yig‘laydi gohi onam bo‘lib hayron
Onam meni sog‘inganda borolmadim (2x)
Sevgi xatim javobsiz
Qolib ketdi qo‘limda
Maktubimning binosi
So‘lib qolgan dilimda
Taqdirimsan deya seni o‘ylagandim
Faqat ozor berma deya so‘ragandim
Bunday sinovlardan oldin o‘tmagandim
Shunchaki jimsan hech narsa bo‘lmaganday
Hech narsa qolmaydi meni eslatar
Sevgingni, ko‘nglingni qaytib beraman
Yangalar kuylasa men ham barobar
To‘yingda yor-yorni aytib beraman
Sahroda qoldim sensiz
Hurrammisan ayt mensiz?
Sahro qanchalar sovuq
Qolganimda yolg‘iz (2x)
Erkalab boshimni silaysiz
Erta-kech baxtimni tilaysiz
O‘zizdan ko‘p meni o‘ylaysiz
Baxtimga sog‘-omon yurgaysiz (2x)
Yuragimni ezar xiyonating
Qoldim hayron ko‘rib mahorating
Kulib-kulib turgan nigohlaring
Yolg‘on ekan aslida yor (2x)
Ko‘ngil berdim sevib
Aldadi-da yurak bizni
Sevib va'da berib
Tashlab ketdi yana bizni
Urganchlik qiz o‘rgilayin o‘zingdan
Mani shaydo qilgan shahlo ko‘zingdan
Kulgichlaring xumor etdi kulgusi
Xivagacha keldim izlab izingdan (2x)