Ko‘rmadim o‘zimni ortiq bu ko‘zlaringda
Tinglamay so‘zim o‘girgan yuzlaringda
Do‘st ko‘paysa omaddan darak
Atrofimda kim-kimlar halak
Aylanarkan bu yer-u falak
Ne janonlar girdikapalak
Sumbul sochli qora soch
Go‘zalim singlim
Musofirda senga nima bor?
Azizim yor bo‘lsa gar imkon
Bir kelib ketgin sog‘indi-ku bu jon
Quvonardi sen kelsang bu yurak
U sensiz hozir huddi chala jon
Endi bizda ko‘rmoq bor
Ko‘rishmoqlik yo‘q
Endi bizda sevmoq bor
Sevilmoqlik yo‘q
Bugun baxt to‘la uying
Uylanding yura-yura
Endi yoningda yoring
Bo‘ydoqlik xayr jo‘ra
Ko‘ngil jabr-u jafolarga
Chidayman desang oshiq bo‘l
Necha turli balolarga
Chidayman desang oshiq bo‘l (2x)
Nomehribonsan ey bunchalar yoron
Boqsam sen tomon san beparvo hamon
Intizoringga tutmagil oson
Sog‘inchli hijron qiynog‘i yomon
Yot yurtlarda davr-u davron surib qo‘ydim
Qancha yaxshi qancha yomon ko‘rib qo‘ydim
Hech kimsaga yoqmay qoldi bo‘ydoqligim
Qachongacha ayting do‘stlar qiynalaman
Qiz topinglar ko‘ray qosh-u ko‘zlarini
Onamga o‘xshagan qizga uylanaman