Sog‘indim shirin so‘zlaring
Erkala meni, erkala
Zaboni shirinim deb
Ko‘zlari dengizim deb
Erkala meni, erkala
Yurakga buyruq berolmayman
Sendan jonim kecholmayman
Sendan o‘zgani sevolmayman
Yorim ey (2x)
Unutgin alamlarni
Ichga yutgin dardlarni
Baxtingga yetgin mensiz
Alvido, alvido (2x)
Kelganda fasli bahor
Har yon bo‘lib lolazor
Gulzorlarga borar edik sen bilan
Kuz, sarg‘aygan yaproqlar
Yuragimda titroqlar
Sen ketarsan, o‘rtamizda
O‘rtamizda firoqlar (2x)
Qaldirg‘och, qaldirg‘och
Eshigingni och, och
Man yorimni ko‘ray bir
Yo‘llarimdan qoch, qoch (2x)
Osmonimda yulduzdek porlab
Nigohingla o‘zingga chorlab
Tushimga ham kirarding so‘rab
Sevdirganding o‘zingga yorim
Armonlarda qoldikmi jonim? (2x)
Bo‘ylarimga bo‘yingiz mos ekan deb suyibman
Yuragimga qanchalar orzu-havas tuyibman (2x)
Telba debsiz, rostdan ham o‘xshab qoldim telbaga
Kelin bo‘larsiz debman-ey man yashagan kulbaga
Kelin bo‘larsiz debman-ey man yashagan kulbaga
Sendan maktub oldim bo‘m-bo‘sh bir varoq
Yurak sensiz bo‘m-bo‘sh deganingmi bu?
Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh
Yoki bo‘sh ko‘nglimga tutdingmi ko‘zgu? (2x)
Qora qoshing kamalak
Qora soching jamalak
O, qora soching jamalak
Yarim tunda arazlab
Qaylarga ketding malak
O, qaylarga ketding malak?