Menga kerak emas soxta mehringiz
Bergan va'dalar-u yolg‘on sevgingiz
Zarracha kelmasin menga rahmingiz
Qadrini pullagan narxi arzonlar
Xayolimni olgan sanam
Azoblarga solgan sanam
Ko‘r olma ko‘zlaringiz
Ko‘zyoshlarim bir dengiz (2x)
Yor sevgisi armon ekan, armon, armon
Sog‘inchlari yolg‘on ekan, yolg‘on, yolg‘on
Yuragimda alamlarim osmon, osmon
Ko‘zlarimga tor bo‘ldi bu dunyo-dunyo (2x)
Yuragim sensizlikda qoldimi?
Keragim yolg‘izim o‘zimning eding
Tilagim, orzularim, armonmiding?
O‘z otingiz mindirmaysizlar
Lek qalbizda buncha alamlar?
Keng dunyoga sig‘dirmaysizlar
Ko‘nglingiz keng qiling odamlar
Ro‘zg‘orin tebratmoq bo‘lib tashvishda
Mayli mashaqqatli, mayli xor ishda
Rizqini haloldan topgan xorijda
Qadoq qo‘llaringiz sara durlarim
Yurtga omon qayting musofirlarim
Dunyo zulmat, dunyo tor
Onasizlar xor-u zor
Ostonada intizor
Nahot endi Onam yo‘q (2x)
Begona bir yurtda rizqini tergan
Goh uyin sog‘inib ko‘zda yoshlari
Musofir dunyoda musofir bo‘lgan
Joningiz omonmi ey dildoshlarim?
Eslab yurma, eslab qo‘y faqat
Ertak bo‘ldi go‘zal muhabbat
Kerak bo‘ldi tarki sadoqat
Mayli aylab mehrni qahad
Eslab yurma, eslab qo‘y faqat
Mag‘zun bo‘lmagin
Qo‘lingdan ketgan boylikga
Hali ko‘p ne'matlar bor
Yulduzlar qo‘nar qo‘lingga