Yuragimda yara yara yara
Ahvolimga qara qara qara
Bu dardlarim so‘ra so‘ra so‘ra
Sevgilim
Yaxshi so‘zlab ayrilmadik
Yaxshi so‘zlar pul turganday
Senga mensiz qanday bo‘lsa
Menga ham sensiz o‘shanday
Kecholmadim Seni qora kozlaringni,
shirin sozlaringni, Jonim unutolmadim
Tog‘ri kelib ketganlar ham bo‘ldi hech birini
sendayin sevolmadim!
Nomus so‘zini siyqasi chiqdi
Kutib oling saxnaga chortlar chiqdi
Tirikchilikni aybi yo‘q degan
Yuragimga kirgan malagim
Qaylardasan topolmay qoldim
Hech bo‘lmasa sog‘inganimda
Bir bor yo‘qlab yonimga kelgin
Boylar boyga boqarkan
Suvlar soyga oqarkan
Bilmas edim sevganimga
Boyning o‘g‘li yoqarkan
Sendaqasi yo‘q bu olamda
Muhabbating har bir nolamda
Hatto rohat dardu olamda
Sevmasang ham sevgan bo‘lardim
Men umrni ko‘rmay qolipman
Yonginamdan o‘tib ketibdi
Qo‘limga bir kitobni tutib
Taqdirimni bitib ketibdi
Qishlog‘imning toza havosi
Suvlari har dardni davosi
Bir go‘zalga ko‘ngil tushipti bekor
Bo‘ldi boshginamni balosi