Hech oqmagan bu ko‘zdan
Bugun duvlab yosh ketdi
Hali ochilmagan gulim
O‘zgasiga yosh ketdi (2x)
Siz kimsiz sevganimmi?
Yo do‘stim dushmanimmi?
Og‘ritgan bu ko‘nglimni
Kelib qalbimni tilding
Faqat Xudodan qo‘rqing
Yolg‘iz Xudodan qo‘rqing
Beta'sirga dars berolmas ming ibratli qissa ham
Hayotingga qo‘shilmasin ulardan bir hissa ham
Jon saqlay deb chekinmagin mayli suvni kechaver
O‘tma nomard ko‘prigidan suv seni oqizsa ham
Kimlarga yoqmasdan kimlarga yoqib
Hayot karvonida ketib boramiz
Umr ummonida bir xasdek oqib
Umr so‘qmoqlaridan o‘tib boramiz
Yuragimni tilibman-da
Buni kechroq bilibman-da
Muhabbati yolg‘on bir qizni
Sevib bekor qilibman-da
Ayni o‘smir paytingda
Sevgi ko‘ngil baytingda
Bellaringda sochlaring
O‘n olti yosh paytingda (2x)
Zor bo‘lib har shirin so‘zingga
Yomg‘irdek to‘kilay izingga
Entikib ketaman sevinchdan
Ko‘zlarim tushganda ko‘zingga
Dunyolarni va'da qilmang mushtoq dilimga
Sukut bilan bag‘rim tilmang qarang ko‘nglimga
Bir chimdim e'tiboringiz kifoya qalbimga
Men e'tiborni suygan bir ayol
Men faqat sizni sevgan bir ayol
Oq libosda ketib borar ul bag‘ri tosh
Ortidan zor yetolmagan yo‘lim yig‘lar
Balki alam qilganidan ko‘zida yosh
Va'dasida turolmagan gulim yig‘lar
Va'dasida turolmagan gulim yig‘lar
Turadi tor ko‘chamda
Yo‘llarim poylaydi
Ko‘raman deya bir bor
Mahallamdan ketmaydi
Sevgisin izhor etolmaydi
Nega yonimga kelolmaydi?