Dilimdagi dardlar yuragimni ezar
Ezar, ezar mani
Bergan va'dang qani?
Axd-u vafo qani?
Qani, qani, qani?
Yuzlari go‘zalim mani
So‘zlari asalim mani
Ishqingda tunlar bedorman
Azobda jonim mani (2x)
Xayol surib turuvdim uchradi bir go‘zal
Aql-u hushim o‘g‘irlab yomon soldi nazar
Xayol surib turuvdim portladi bir go‘zal
Aql-u hushim o‘g‘irlab yomon soldi nazar
Sevmagin dedilar yor, xo‘p demadim
Yana sevma dedilar, xo‘p demadim
Oshiqlik dardini bilmaydi ular
Sen uchun yaralgan bu go‘zal kuylar (2x)
Nega xayollaring buncha parishon?
Go‘zal qiz ko‘rmadim sendayin o‘ychi
Men seni sevaman, sevgimga ishon
Qani bir jilmaygin, qani bir kul-chi
Uch kun bo‘ldi qoqmading sim
Xayol xil-xil arazladi
Gumonlar dast alamim nim
Ko‘nglim sendan arazladi
Yor-yorlar olib ketdi, olib ketdi dildorimni
Ozorlar ado qildi, tamom qildi yuragimni
O‘zgalarga berib qo‘ydim, berib qo‘ydim nigorimni
Nima qilay qo‘lim kalta, bermadilar sevganimni
Muhabbatga ko‘p ishonmang, muhabbatga
Toshkentlik qiz yor bo‘lmadi Dilmurodga
Opajonlar orzu-havas tilasangiz-ey
Nishonimga qiz uzating, nishonimga
Haqsizlikga olov edim, o‘chirdingiz
Orqam, oldim qopqon to‘la, siz kuldingiz
Ustiboshim chang ichida eladingiz
Nelar chekdim, ayting sizga ne ma'lum?
Dardlarga yetib borgan
Nola bo‘lib qolsaydim
Yana o‘sha beg‘ubor
Bola bo‘lib qolsaydim