Labidan, bardozidan netay man?
Xumor ko‘zligim
Ko‘zlari, yuzloridan netay man?
Shirin so‘zligim
Gul shahrim so‘ldi birdan
Orzular ketdi dildan
Nahotki tark aylading?
Ruxsatsiz sen ko‘ngildan
Baxtli o‘zga qo‘ynida
Bu taqdirning o‘yinida
Bu taqdirning o‘yinida (2x)
Qayda qoldi va'dalar gulim?
Ayro ekan yo‘limiz bugun
Seni suygan bu qalbim manim
Sen bilan qolsin gulim (2x)
Shamoldayin o‘tib borar vaqt
Umringizdan ketib borar vaqt
Har aylangan soat millari
Yangi yildan bermoqda darak
Qoshimni qarosi, dardimni davosi
Sandan kecholmayman-a boshimni balosi (2x)
Chak-chak chakkasida
Guli bor chakkasida
Yuraman xayol surib
Yorimni ko‘chasida (2x)
Sevgi xato, bir bor berdim, qaytib ko‘ngil bermayman
Sevib ko‘rdim, endi sizdek go‘zallarni sevmayman
Bari yolg‘on, sevgisi ham yolg‘on ishonmayman
Meni sevmang, chunki endi sizdeklarni sevmayman
Boshimdan ne kunlar o‘tmadi
Kimlar kelib kimlar ketmadi
Og‘ir kunda ohimga Ona
Sizdan bo‘lak hech kim yetmadi (2x)
Visoli dardimga darmon bo‘lgan yor
Ko‘zlari ko‘zimga armon bo‘lgan yor
Xo‘p desang sendan bir iltimosim bor
Yuzingni bir ko‘rsam bir yilga yetar
Beso‘roq hayotingga kirgan bo‘lsam avf et
Ishqimdan senga ozor bergan bo‘lsam avf et
Tashnaman, intizorman, senga muhtoj har lahzada
O‘zimdan kechib seni sevgan bo‘lsam avf et