Sochlaringni silasam tabibim
Bag’rimga bir bosaman tabibim
Erkalatib deysan Habibim
Seni ko’rsam ado bo’laman
Qorlardek oppoq dilingni,
To’lin oydek oy yuzingni,
Aytgan har bir shirin so’zingni
Hech kimga bermay sevaman.
Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Shirin tuyg’ularim seni eslatar.
Asta-sekin
Yurak urar, vafodorim, seni deya,
Sening qalbingdan tinchlik izlab.
Yonimda borliging,
Ko’nglimda yorliging,
Baxtim boylik emas –
Sen menga zorliging.
Sen mening hayotim,
Shodligim, azobim
Va har bir nafasim to abad.
Oʻzgartirdim oʻzimni, atrofim yoqmaganda,
Foyda yoʻq boshqalarni ayblab, oʻzimni oqlagandan.
Yillar oʻtib oʻrgandim, koʻp bilishga, intilishga nimanidir xohlaganda
Qaniydi, menga ham kimdir shu gaplarni aytganda…

Asboblar turli xil botlarni solishtirish, yangilarini yaratish va boshqalarga imkon beradi.